1

Xitoy armiyasida harbiylar soni qisqartiriladi

Dunyo 05.03.2018, 13:04
Xitoy armiyasida harbiylar soni qisqartiriladi

Xitoy hukumati mamlakat xalq-ozodlik armiyasi harbiylari sonini 300 ming nafarga qisqartirish bo`yicha choralarni yakuniga etkazdi. Bu haqda Umumxitoy xalq vakillari majlisi davomida XXR Davlat Kengashi rahbari Li Kesyan bayonot bergan. Xitoy Qurolli kuchlari harbiylar soni bo`yicha hamon dunyodagi eng yirik armiya sanaladi. Mamlakatda fuqarolik urushi oxirlari va XXR ga asos solingan 1949 yil 1 oktyabrda 5, 5 million harbiy xizmatchi bo`lgan. Keyinroq bu raqam qisqarib bordi, biroq hududiy va ichki siyosiy nizolar vaqtida yana oshib bordi.

1951 yil-Koreya urushi vaqtida 6,27 mln., 1975 yildagi Madaniy Inqilob davrida esa 6,1 mln. askar va ofiserlar bo`lgan.

So`nggi yillargacha Xitoy qurolli kuchlari 2,3 million kishi deb hisoblanayotgan edi. 2015 yilda esa mamlakatda keng ko`lamli harbiy islohotlar haqida e`lon qilingan. Xitoy xalq-ozodlik armiyasi harbiylari sonining 300 ming nafarga qisqartirish chorasi ham uning doirasida amalga oshirildi. 2020 yilgacha yakunlanadigan islohotlar doirasida armiyaning tashkiliy shtat tuzilmasiga o`zgartishlar kiritish ham nazarda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1