Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudida jurnalist Bobomurod Abdullaev¸ bloger Haët Nasriddinov¸ shuningdek tadbirkorlar Ravshan Salaev va Shavkat Olloërovlarga nisbatan 5 mart kuni o`tkazilishi rejalangan mahkama jaraëni 7 martga qoldirildi.
Avvaliga Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudida Konstitusiyaviy tuzumga tajovuz qilishda ayblangan Bobomurod Abdullaev va uning ishi doirasida qo`lga olingan Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salaevga nisbatan sud eshituvi 5 mart kuni bo`lib o`tishi belgilangandi.
Eslatib o`tamiz, qo`lga olingan gumondor shaxslar, Jurnalist Bobomurod Abdullaev¸ bloger Haët Nasriddinov¸ tadbirkorlar Ravshan Salaev va Shavkat Olloërovlar O`zbekiston Jinoyat Kodeksining 159-moddasi bo`yicha ayblanmoqda.
Mazkur jinoyat ishi Toshkent shahar sudi sudyasi Zafar Nurmatov raisligi sud tarkibi va xalq maslahatchilari ishtirokida ko`rib chiqiladi.
Bobomurod Abdullaev 2017 yilning 27 sentyabrida MXX tomonidan hibsga olingan.






