Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar qilindi.
Farmon bilan:
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi va uning hududiy bo`linmalari negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi;
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti negizida O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasi xodimlari hamda boshqa shaxslarni taqdirlash maqsadida “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi” faxriy unvoni ta`sis etilmoqda.
Farmon bilan ommaviy sportni rivojlantirish va iste`dodli yoshlarni saralash (seleksiya) sohasida ta`lim muassasalarining ustuvor yo`nalishlari etib belgilab berildi.
Farmonda Vazirlikning olimpiya sport turlarini rivojlantirishga mas`ul bo`linmalari rahbarligiga nomzodlar O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi raisi bilan majburiy ravishda kelishilishi qayd etilmoqda.
Endilikda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, shuningdek, ta`lim muassasalari va sport tashkilotlarida mehnat qilayotgan sport faxriylariga faoliyatning boshqa xaq to`lanadigan turlari bilan shug`ullanmaslik sharti bilan pensiya to`liq miqdorda to`lanadi.
Davlat ta`lim muassasalari jismoniy tarbiya o`qituvchisi (instruktori) lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish Vazirlik bilan kelishilgan holda Qoraqalpog`iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshliqlari tomonidan amalga oshirilishi belgilab berildi.






