1

Jizzaxda qarovsiz qoldirilgan avtomashinani olib qochgan shaxs ushlandi

Jinoyat 06.03.2018, 09:41
Jizzaxda qarovsiz qoldirilgan avtomashinani olib qochgan shaxs ushlandi

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 4 mart kuni soat 18.30 larda noma`lum shaxs “Oybek” MFY Shifokorlar ko`chasida yashovchi, M.Erkaboev boshqaruvidagi uyi oldida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan “VAZ-2106” rusumli avtomashinasini haydab qochgan.

Ko`rilgan choralar natijasida avtomashina Zarbdor tumani “Taraqqiyot” QFY hududida xizmat olib borayotgan IIB xodimlari tomonidan ushlanib, ushbu jinoyatni “Oybek” MFY Murabbiylar ko`chasi 28/2-uyda yashovchi, 1978 yilda tug`ilgan O.Karimov sodir etganligi aniqlanib qo`lga olingan.

Bu haqda dushanba kuni O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1