Kecha, 5 mart kuni soat 10:50 larda Aqto`be viloyatining O`lka tumanidagi Samara-Chimkent yo`lining 778-kilometrida «Kamaz» va «Opel-Astra» avtomoblillari to`qnashib ketdi.
Sankt-Peterburgdan Toshkentga kelayotgan mazkur avtomobildagi O`zbekiston Respublikasining 2 nafar fuqarosi halok bo`lgan.
O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Qozog`iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar qo`mitasi hamkorlikda halok bo`lganlarning shaxsini aniqlashdi.
1. Isaqov Zohidjon Mansurovich, 1978 y.t. (haydovchi, Andijon viloyati, Asaka tumani, «O`zbekistan» QFY, Do`rmon ko`chasi).
2. Yuldashev Qodirjon Komilovich, 1975 y.t. (yo`lovchi, Andijon viloyati, Asaka tumani, «O`zbekistan» QFY, Do`rmon ko`chasi).
Hozir halok bo`lganlarning jasadlari Aqto`bedagi o`likxonada saqlanmoqda. Jasadlarni O`zbekistonga olib kelish bo`yicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan.