AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo`ldi

'Qashqadaryodagi gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo`ldi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 4 mart kuni soat 19:15 larda “Sho`rquduq”mahallasi hududida joylashgan “Odil” MChJga qarashli avtomashinalarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo`ldi.

Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.

Shoxobcha ishchilari H.Poyonov va N.Xushvaqtov ish joyida kompressorni tozalayotgan vaqtda vintdan sizib chiqib, xonaga to`planib qolgan gaz va havo aralashmasi portladi.

H. Poyonov va N. Xushvaqtov kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar