AsosiyJinoyat
5176

Kuyov qaynonasini pichoqladi

'Kuyov qaynonasini pichoqladi'ning rasmi

Joriy yilning 4 mart kuni Toshkent viloyatining Yangiyo`l shahrida ko`ngilsiz voqea sodir bo`ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Viloyatning Yangiyo`l shahrida yashovchi, 1960 yilda tug`ilgan M.Ulxo`jaevaning uyida kuyovi, Quyichirchiq tumanida yashovchi, 1978 yilda tug`ilgan mast holdagi B.Utaboev bilan o`rtada janjal kelib chiqadi. Oilaviy janjal pichoqbozlikkacha borib etadi.

B.O`taboev qaynonasi bilan janjalda uning bosh, qorin va elka qismlariga pichoq bilan urib, jarohat etkazadi. Alarni ajratmoqchi bo`lgan B.Utaboevning turmush o`rtog`i, 1988 yilda tug`ilgan S.Utaboevaning boshiga esa tosh bilan urib jarohat etkazgan.

Natijada M.Ulxo`jaeva va S.Utaboevalar kasalxonaga yotqizilgan. B.Utaboev esa qo`lga olingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar