1

An-148 ekipajining so`nggi daqiqalardagi suhbati

Dunyo 06.03.2018, 17:59
An-148 ekipajining so`nggi daqiqalardagi suhbati

Sankt-Peterburgning “78” kanali 11 fevralda Podmoskoveda qulagan An-148 samolyoti uchuvchilarining fojiadan bir daqiqa avvalgi suhbatini e`lon qildi.

Xabarda aytilishicha, havo kemasi komandiri va ikkinchi pilot samolyot tezligi borasida bahslashib qolishgan. Uchuvchilar tezlikni me`yorga keltirishganida, ikkinchi pilot xatoga yo`l qo`ygan.

Havo kemasi komandiri: Pastga qaerga?! Qaerga pastlayapsan? Nimaga pastalayapsan?! Qaerga?

Avtoinformator: Tezlikni me`yorga keltiring, tezlikni me`yorga keltiring.

Ikkinchi pilot: Chunki.. yolg`onni qo`ysangchi, tezlik 200…

HKK: Yuqorila! Ko`taril! Yuqorila!

Avtoinformator: Terrain ahead! Terrain ahead! PULL UP! Terrain ahead! («Oldinda to`siq bor! Tezlikni yuqorilang! Oldinda er!»)

HKK: Yuqoriga!

Avtoinformator: Terrain ahead! Terrain ahead! PULL UP! Terrain ahead!

HKK: Bo`ldi, hammasi tamom…

“78” kanalda ta`kidlanishicha, ikkinchi pilot sarosimaga tushganida samolyotni yuqoriga ko`tarish o`rniga pastlagan.

Eslatib o`tamiz, “Saratov avialiniyasi” ning An-148 samolyoti 11 fevralda Moskva oblastining Ramensk tumanida qulagan edi. O`shanda 65 yo`lovchi va ekipaj a`zolari halok bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1