Toshkent shahrida ikki bezori milisiya xodimini kaltakladi, bu haqda O`zbekiston IIV matbuot-xizmati xabarida aytilgan.
"Toshkent shahrining Sergeli tumanida 5-mart kuni soat kech soat 23.15larda Sputnik dahasida yashovchi 1992 yilda tug`ilgan I.Kazlinka va 1976 yilda tug`ilgan S.Sheyklar Yo`ldosh 2-daha xududida joylashgan "Kim-chi" kafesi oldida shu xududda xizmat olib borayotgan Sergeli tuman IIB profilaktika inspektori, katta leytenant X.Mirzaqulovning qonuniy talablariga bo`ysunmay qarshilik ko`rsatib, tan jarohati etkazganlar", — deyiladi xabarda.
Natijada katta leytenant X.Mirzaqulovga kasalxonada tibbiy yordam ko`rsatilgan. Kazlinka va Sheyklar qo`lga olingan.






