AsosiyJamiyat

Madaniyat vaziri barcha ayollarni bahor ayyomi bilan qutladi

'Madaniyat vaziri barcha ayollarni bahor ayyomi bilan qutladi'ning rasmi

Hayotimiz mazmuni, dunyodagi jami go`zallik, yaxshilik va ezguliklar timsoli bo`lmish Ayolni-onani, opa-singillarimizni, qizlarimizni bahorning ajoyib bayramlaridan biri-Xalqaro xotin-qizlar 8-mart kuni bilan tabriklash menga haqiqiy quvonch bahshida etadi.

Chexrangizni go`zallik, samimiyat, quvonch, baxt nashidasidan masrurlik tark etmasin. Qadringiz va qaddingiz doimo baland bo`lib, ayollik martabangiz yuksalaversin.

Madaniyat va san`at sohasidagi faoliyatingiz uchun chuqur minnatdorchilik izhor etaman.

Bayramingiz muborak bo`lsin, aziz ayollar!

Ehtirom ila,

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri

Baxtiyor Sayfullaev

    Boshqa yangiliklar