AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ilk avtokinoteatr Samarqandda o`z ishini boshladi (video)

'O`zbekistonda ilk avtokinoteatr Samarqandda o`z ishini boshladi (video)'ning rasmi

Samarqandda ilk avtomobil kinoteatri ochildi. Ushbu avtokinoteatr orqali fuqarolar avtomobilllar turarjoyida o`rnatilgan eni 4 kengligi 9 metr bo`lgan katta ekranda kino ko`rishadi.

Shuningdek, bu avtokinoteatrdan bo`sh vaqti bo`lgan yo`lovchilar ham bemalol kino ko`rishlari mumkin bo`ladi.

Tashkilotchilar bu loyihani Samarqandga ko`proq sayyohlarni jalb qilish, turli mamlakatlardan keladigan xorijiy mehmonlarga yurtimiz haqida hikoya qiluvchi lavhalar, ulug` ajdodlarimiz haqidagi hujjatli filmlar va boshqa o`zbek filmlarini ko`rsatishni va shu yo`l bilan yurtimiz chiroyi, xalqimiz madaniyati hamda urf-odamlarini keng targ`ib qilishni ko`zda tutishgan.


    Boshqa yangiliklar