1

“Forbes” dunyodagi eng boy insonlarning reytingini e`lon qildi

Dunyo 07.03.2018, 13:34
“Forbes” dunyodagi eng boy insonlarning reytingini e`lon qildi

AQShning mashhur nashrlaridan biri “Forbes” tomonidan dunyodagi eng boy insonlarning 32-yillik reytingi e`lon qilindi.

2017 yil yakunlariga ko`ra jahondagi eng badavlat 20 nafar insonning boyligi umumiy hajmi 1,2 trln. AQSh dollarini tashkil etgan. Sayyoramizdagi barcha 2208 nafar milliarder mol-mulkining 13 foizi dastlabki yigirmalik a`zolariga tegishlidir.

Alisher Usmonov yangi ro`yxatning 118-pog`onasidan joy olgan. Rossiya bo`yicha mazkur ko`rsatkichlarda u “Top-10” qismida turibdi.

“Amazon” kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos 112 milliard dollari bilan reyting etakchisiga aylandi. Ikkinchi o`rin “Microsoft” egasi Bill Geyts(90 milliard dollar)ga nasib etdi. “Berkshire Hathaway” investisiya xoldingi sohibi Uorren Baffet esa 84 milliard dollari bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1