AsosiyJamiyat

Soliqdan qarzdor san`atkorlar ro`yxati e`lon qilindi. Ular orasida O`zbekiston xalq artistlari ham bor

'Soliqdan qarzdor san`atkorlar ro`yxati e`lon qilindi. Ular orasida O`zbekiston xalq artistlari ham bor'ning rasmi

Davlat soliq qo`mitasi 2018 yilning 28 fevral holatiga ko`ra konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirishda qarzdorligi bor san`atkorlar ro`yxatini e`lon qildi. Qo`mita tomonidan UZ24'ga taqdim etilgan mazkur ro`yxatga respublikadagi 2000 nafardan ortiq san`atkor kiritilgan.

E`tiborli jihati, ushbu ro`yxatdan taniqli san`atkorlar ham o`rin olgan.

Xususan, O`zbekiston xalq artistlari — Sherali Jo`raev 9 ming so`m, Yulduz Usmonova 344 ming so`m, Mahmud Nomozov 815 ming so`m, Zulayho Boyxonova 86 ming so`m; O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar — Izzat Ibrohimov 673 ming so`m, Sardor Rahimxon 167 ming so`m, Hajiakbar Hamidov 86 ming so`m; xonandalardan Anvar G`aniev 13 ming, O`lmas Ollaberganov 7 ming, Feruza Jumaniyozova 168 ming, Nargiz 167 ming, Shohruhxon 167 ming, Sanjar Xoliqov 463 ming, G`ayrat Usmonov 169 ming, Munisa Rizaeva 156 ming, Umidaxon Xo`jaeva 153 ming, Aziz Rajabiy 826 ming, Ravshan Sobirov 243 ming, Aziz Rametov 365 ming, Aziza Niyozmetova 429 ming, Adham Soliev 172 ming, Otabek Mutalxo`jaev 421 ming, Sardor Mamadaliev 359 ming, Zohirshoh Jo`raev 172 ming so`m qarzdorligi qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar