O`zbekiston Yoshlar ittifoqidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, Farg`ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti 4-bosqich talabasi Rustam Ahmadjonov “Quyosh qozoni”ni yaratdi.
Bu moslama bir kun davomida quyoshdan issiqlik olib, to`plangan elektr energiyasi hisobiga taom pishira oladi. Ushbu loyiha “Yosh olimlar kengashi” tomonidan patent olishga tavsiya etiladigan bo`ldi.
Uning qay darajada foydali va samarali ekanini esa vaqt ko`rsatadi.






