Shavkat Mirziyoev «8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan mukofotlash to`g`risida»gi farmonini imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, jamiyatimizda xotin-qizlarning o`rni va nufuzini oshirish, ularning oilalarni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik, istiqlol g`oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, xalqimizning ko`p asrlik boy ma`naviy merosini asrab-avaylash, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va aholi farovonligini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida yurtimizning ishlab chiqarish tarmoqlari, tadbirkorlik, ilm-fan, ta`lim-tarbiya, sog`liqni saqlash, madaniyat, san`at va boshqa sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlanadi:
«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi»
Kasimaxunova Anarxan Mamasadikovna - Farg`ona politexnika institutining «Elektr energetikasi» kafedrasi professori, Farg`ona viloyati
Marufova Gulnora Maxmudovna - O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisining o`rinbosari
Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna - Andijon davlat universitetining «O`zbek tilshunosligi» kafedrasi professori, Andijon viloyati
«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan jurnalist»
Uteniyazova Altngul Paluanovna - Qoraqalpog`iston Respublikasi teleradiokompaniyasi «Qoraqalpog`iston» telekanalining katta muharriri
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Raxmatullaeva Shafoatxon - Qo`qon shahar musiqali drama teatri aktyori, Farg`ona viloyati
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Bobomurodova Xosiyat - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoira
Boymuradova Jumaxol Norboevna - Zarbdor tumanidagi «Tinchlik» mahalla fuqarolar yig`ini raisi, Jizzax viloyati
Irisbekova Kammuna Narinbaevna - «Aloqabank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi
Istamqulova Mafiratxon Mamajanovna- Namangan viloyati qirg`iz milliy madaniy markazi raisi
Qobulova Mavluda Umarjonovna - Surxondaryo viloyati hokimining o`rinbosari – xotin-qizlar qo`mitasi raisi
Maxmudova Dilbar Pirimkulovna - Erkin ijodkor, yozuvchi va publisist
Otajanova Masuda Yuldashevna - Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti
Salimova Sharipa - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoira
Toxtaeva Guzal Kashibovna - O`zbekiston Sog`liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Respublika Kengashi raisi o`rinbosari
Tulegenova Akshagul Abuevna - Konimex tumani xalq ta`limi bo`limi mutaxassisi, tuman qozoq milliy madaniy markazi raisi, Navoiy viloyati
II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan
Nadirxanova Natalya Suratovna - Buxoro viloyati perinatal markazi direktori
Turdieva Matlyuba Xalimovna - Samarqand shahridagi 2-oilaviy poliklinika bosh shifokori, Samarqand viloyati
«Do`stlik» ordeni bilan
Abdullaeva Sanam Raimovna - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi Markaziy kon boshqarmasining 2-gidrometallurgiya zavodi kran mashinisti, Navoiy viloyati
Abduraximova Muxayyo Raxmatullaevna - Chimboy tumanidagi «Lanextrakt» qo`shma korxonasining tashqi iqtisodiy masalalar bo`yicha direktori, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Djumaeva Mavjuda Shodmonovna - Koson tumanidagi «Ko`zmunchog`im» nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi mudiri, Qashqadaryo viloyati
Zununova Saxabat Islamovna - «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig`i
Iplina Antonina Aleksandrovna - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoira
Kadirxanova Malika Akbarovna - «Tadbirkor ayol» uyushmasining Toshkent viloyati bo`limi raisi
Kasimova Mukaddas Zaynutdinovna - Mirzo Ulug`bek tumanidagi Alisher Navoiy nomli mahalla fuqarolar yig`inining xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi raisi, Toshkent shahri
Muxammadieva Xushvak - Paxtachi tumanidagi «Avangard» fermer xo`jaligi pillachisi, Samarqand viloyati
Sadullaeva Faraxat Aminovna - Urganch shahridagi «Urganch milliy tikuvchilik» oilaviy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati
Sattarova Farog`at - «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig`i
Safarova Zamira Xaydarovna - G`ijduvon tumanidagi «G`ijduvon Mashhurasi» xususiy korxonasi rahbari, Buxoro viloyati
Turdikulova Shaxloxon Utkurovna - O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktorining ilmiy ishlar bo`yicha o`rinbosari
Xatamova Risligoy Gofurjanovna - Erkin ijodkor, shoira
Yuldasheva Muxabat Aysaraxunovna - Qo`rg`ontepa tumanidagi «Kapital bella» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati
Yulchieva Gulnora Dexkanovna - «Mahalla ziyosi» Respublika o`quv-uslubiy markazi direktorining o`rinbosari
«Shuhrat» medali bilan
Azizova Maftuna Raxmatullo qizi - «Hunarmand» uyushmasining Boysun tumani bo`limi a`zosi, gilamdo`z, Surxondaryo viloyati
Djalilova Mu`tabar Abidovna - Toshkent shahridagi «Muruvvat» nogiron bolalar uchun 2-internat uyi tarbiyachisi
Djurabaeva Saxiba Ergashevna - «O`zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining xalq iste`moli mollari ishlab chiqarish sexi sirlovchisi, Toshkent viloyati
Kokotova Olga Nikolaevna - Guliston shahridagi «Quvonch» maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachisi, Sirdaryo viloyati
Navruzova Lola Xushmurodovna - Qarshi shahridagi «Sanam» mas`uliyati cheklangan jamiyatining tikuv sexi ustasi, Qashqadaryo viloyati
Rajabova Sara Durdievna - Hazorasp tumanidagi «Shovot» mahalla fuqarolar yig`ini raisi, Xorazm viloyati






