Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi prezidentining «Rasmiy sanalarni bayram qilish davrida qo`shimcha dam olish kunlarini belgilash va 2018 yilda dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida»gi farmoniga muvofiq qo`shimcha dam olish kunlari belgilandi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Matbuot xizmati xabariga ko`ra, ushbu dam olish kunlarini mazmunli o`tishini ta`minlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi hududlardagi mehmonxonalar bilan birgalikda barcha hududlarda 18-22 mart kunlari sayohatchi guruhlar sonidan kelib chiqib, mehmonxonalarda 50 foizgacha chegirmalar e`lon qildi.






