1

Astronomlar mart oyida magnit bo`ronlari bo`lishi xaqida aytishmoqda

Dunyo 07.03.2018, 23:35
Astronomlar mart oyida magnit bo`ronlari bo`lishi xaqida aytishmoqda

Astronomlar Erni 18, 22 va 26 mart kunlari kuchsiz magnit bo`ronlari yopishi, 15, 16, 17 va 21 mart kunlari magnitosferaning to`lqinlanishini bashorat qilishmoqda, deya xabar bermoqda Ria.ru nashri.

18 mart kuni kutilayotgan magnit bo`roni yil boshidan beri ushbu jarayonning uchinchisi bo`ladi. Bunga qadar kuchsiz magnit bo`roni 19 fevral kuni kuzatilgan. Oldingi xodisalar 15 yanvar kuni ro`yxatga olingan.

Astronomlarning takidlashicha, 5 ballik shkala bo`yicha 1 darajaga kiritilgan magnit bo`ronlari energetik sistemadagi kuchsiz tebranishlarga olib kelishi va shu kabi kosmik kemalarning boshqaruv sistemalariga ta`sir o`tkazishi mumkin. Bo`ron paytida qutb yog`dulari 60 gradus va undan yuqoriroq kengliklarda kuzatilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1