1

Coca-Cola tarixida ilk bor alkogolli ichimlik ishlab chiqariladi

Dunyo 07.03.2018, 23:36
Coca-Cola tarixida ilk bor alkogolli ichimlik ishlab chiqariladi

Dunyodagi eng katta alkogolsiz ichimlik ishlab chiqaruvchi kompaniya Coca-Cola birinchi bor o`zining alkogolli ichimligini ishlab chiqarmoqchi, deya xabar berdi Ria.ru nashri.

Bunday ichimlik Yaponiyada paydo bo`ladi. Shu yo`l bilan ular mamlakatdagi mashxur brendlarni siqib chiqarishmoqchi. Bu ichimliklarning darajasi uchdan sakkizga, bu ichimlik ayollar orasida juda mashxur.

Coca-Cola ning Yaponiyadagi bo`limi boshlig`i Xorxe Garduno kompaniya o`ziga yangi yo`nalishlarni ochayotganini takidladi.

“Bu bizning tariximizdagi noyob holat. Coca-Cola har doim diqqatni faqat alkogolsiz ichimliklarga qaratgan edi”, – deya aytib o`tdi u kompaniya saytiga qo`yilgan intervyusida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1