Aziz Yusupov Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg`armasi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Bungacha mazkur lavozimda Baxtiyor Tohirov faoliyat yuritib kelgan edi.
Ma`lumot uchun, mazkur jamg`armaning asosiy vazifasi jamg`armada shakllangan mablag`lar hisobiga davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralararo integrasiyalashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish, aloqa, televidenie va radioeshittirish sohasi hamda telekommunikasiya tarmoqlari va tizimlarini rivojlantirish, modernizasiya qilish va boshqa loyihalarni moliyalashtirish hisoblanadi.






