Muhtarama onaxonlar, mehribon opa-singillar, dilbar qizlar! “O`zsanoatqurilishbank” jamoasi Siz azizlarni tabiat tobora chiroy ochib borayotgan ushbu kunlarda bahor ayyomining ilk bayrami bo`lmish 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
Go`zallik va nafosat, mehru muhabbat, vafo vanazokat ramzi bo`lgan, o`zining mehribonligi, qalb sahovati bilan har qaysi oilani oila qiladigan, unga fayzu tarovat beradigan ayollarimizning betakror fazilatlari haqida har qancha gapirsak, ularni har qancha e`zozlasak arziydi.
Zero, xonadonlarimiz farishtasi, hayotimiz charog`boni bo`lmish mehribon onalarimiz, aziz opa-singillarimiz ana shunday yuksak ehtiromga, e`tiboru e`zozga munosibdirlar.
Muhtarama ayollarimizga xos bo`lgan mehnatsevarlik, mehribonlik, shukronalik vaorastalik, ro`zg`orni, umuman, oilani oqilona boshqarish fazilatlarini ta`riflashga til ham ojizlik qiladi.
“Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko`rki bo`lgan xotin-qizlarni e`zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko`rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo`lib kelgan va shunday bo`lib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz go`zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir”, - deb e`tirof etadilar yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev.

Aslida yurt tinchligi, farzandlar barkamolligi, o`zining sog`ligi, oila xotirjamligi, yaqinlariningsog`-salomatligi ayol uchun eng katta baxt hisoblanadi. Biz har kuningiz ana shunday baxtli va bayramona bo`lishini chin dildan tilaymiz!
Yana bir bor Sizlarni bahor elchisi bo`lgan, o`zingizdek go`zal va dilbar bayramingiz bilan tabriklar ekanmiz, xonadonlaringizdan shodu xurramlik, qut-baraka arimasin, farzandlaringiz va yaqinlaringiz, qolaversa, bizning baxtimizga hamisha omon bo`ling deymiz!
Qadrli opa-singillar, yuksak mehr va muhabbat ardog`ida bo`lish hammangizga har doim nasib etaversin! Bayramingiz muborak bo`lsin!
“O`zsanoatqurilishbank” Siz azizlarni yuksak qadrlaydi!






