AsosiyJamiyat

Namanganda yong`in oqibatida ona-bola vafot etdi

'Namanganda yong`in oqibatida ona-bola vafot etdi'ning rasmi

Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida 6 mart kuni soat 08:00 larda Gulbog` mahallasida yashagan, 1973 yilda tug`ilgan M.Qurbonovaning uyida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ko`rilgan choralar natijasida yong`in soat 08:40 larda o`chirilgan.

Yong`in oqibatida uyining shift qismi va uy-jihozlari yonib zarar ko`rgan hamda yong`in o`chirish vaqtida uy egasi M.Qurbonova va uning qizi 2001 yilda tug`ilgan D.Olimovalarning kuygan holdagi jasadlari topilgan.

Yong`in elektr simlarinining qisqa tutashuvidan kelib chiqqanligi aniqlangan, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar