AsosiyJamiyat

Toshkentda​ mudhish avtohalokat. Ikki yo`lovchisi halok bo`ldi

'Toshkentda​ mudhish avtohalokat. Ikki yo`lovchisi halok bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ro`y bergan yo`l-transport hodisasi ikki kishining umriga zomin bo`ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma`lum qildi.

6 mart kuni soat 21.30 larda Toshkent viloyati, Zangiota tumanida yashovchi, 1995 yilda tug`ilgan S.Nosirov Mersedes-Benz rusumli mashinasini Bunyodkor shohko`chasidagi «Avtotexxizmat» binosi oldida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay, yo`l chetidagi daraxtga urildi.

Oqibatda avtomobil yo`lovchilari O.Abdug`aniev va J.Qayumov jarohat olib, kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko`z yumdi.

Haydovchi omon qoldi. Unga tibbiy yordam ko`rsatildi.

    Boshqa yangiliklar