Kelgusi yildan O`zbekistonda sellofan paketlarini bepul berish taqiqlanib, ular narxi mahsulotlar qiymatiga kiritilishi mumkin, deya xabar bermoqda “Xabar.uz” nashri.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi muhokama uchun e`lon qilgan «Sanitar tozalash tizimlarini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi hukumat qarori loyihasida2019 yil 1 yanvardan polimerdan tayyorlangan sellofan paketlarni bepul berish taqiqlanishi ko`zda tutilgan.
Qaror atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga qaratilgan. Loyihada polimerdan tayyorlangan elim paketlar narxini sotilayotgan mahsulotlar narxiga kiritishda ular tannarxidan past qiymatlarni belgilashni taqiqlash ham taklif etilmoqda.
Polimer elim xaltalar ishlab chiqaruvchilari va buyurtmachilariga savdo nuqtalarida nazorat-kassa mashinalari skanerlarida hisoblanishi uchun paketlarga maxsus kodlar tushirish majburiyatini yuklash taklif qilinmoqda.
Ushbu cheklovlar O`zbekistonga olib kiriladigan yoki mamlakatda tayyorlanadigan savdo sohasida tovarlarni qadoqlashda qo`llanilayotgan qalinligi 15 mikrondan, hajmi 5 litrdan kam bo`lmagan paketlarga nisbatan joriy etish rejalashtirilmoqda. 2020 yil 1 yanvardan mazkur taqiq qalinligi 50 mikrondan, hajmi 10 litrdan kam bo`lmagan paketlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.






