AsosiyJamiyat

Qattiq maishiy chiqindilarni saralab jamlash tizimi ishga tushiriladi

'Qattiq maishiy chiqindilarni saralab jamlash tizimi ishga tushiriladi'ning rasmi

Ikki oy mobaynida 2018—2021 yillarda maishiy chiqindilarni saralab jamlash tizimini ishga tushirish bo`yicha «yo`l xaritasi», 2018 yilning 1 noyabridan esa qattiq chiqindilarni boshqarish borasida Milliy strategiya loyihasi tayyorlanishi ko`zda tutilmoqda.

Oxirgi bir yarim yil ichida 9 ta shaharda 1,2 million tonnadan ortiq chiqindilarni jamlash, saralash, tashib chiqish, utilizasiya qilish va qayta ishlash bo`yicha klasterlar ishga tushirildi.

Shuningdek, respublikada 13 ta «Toza hudud» hududiy unitar korxonasi va ularning 174 ta filiali tashkil qilinib, kerakli maxsus texnika bilan ta`minlandi. Natijada aholiga sanitar tozalash xizmatlari ko`rsatish hajmi 10 baravar oshdi.

    Boshqa yangiliklar