AsosiyJamiyat

Tarqatilayotgan axborotlarda 0+, 7+, 12+, 16+, 18+ yozuvlar aks ettiriladi

'Tarqatilayotgan axborotlarda 0+, 7+, 12+, 16+, 18+ yozuvlar aks ettiriladi'ning rasmi

Endilikda ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog`idagi veb-saytlar, blogerlar, reklama vositalari hamda boshqa turdagi axborot kanallari orqali tarqatilayotgan axborotlarda bolalarni ularning sog`lig`iga zarar etkazishi mumkin bo`lgan axborotdan himoya qilish maqsadida 0+, 7+, 12+, 16+, 18+ yozuvlari aks ettirilishi shart.

Bu haqda “Bolalar sog`lig`iga zarar etkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuni kuchga kirdi.

Ya`ni, qonun kuchga kirishi bilan har bir axborot tarqatuvchi fuqaro hushyorlikka amal qilgan holda o`zlari yoki bu sohadagi ekspertlarning xulosasiga ko`ra tarqatilayotgan axborotga yosh toifasini qo`yishlari kerak bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar