Hindistonning Indaur shahrida yovvoyi leopard odamlarni vahimaga solib, ularga tashlandi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar bermoqda.
Leopardni to`r yordamida qo`lga tushirishlariga harakat qilishlariga qarmasdan, yirtqich tuzoqqa chap berib, bir erkakni jarohatlashga ulgurdi.
Zooxizmatchilar leopardni trankvilizator yordamida uxlatishga muvaffaq bo`lishdi. Shunga qaramay, yirtqich erkinlikka qo`yib yuborilishi ma`lum qilindi.






