1

To`yi oldidan BAA ga dam olishga borgan turkiyalik qiz aviahalokatda olamdan o`tdi

Dunyo 12.03.2018, 09:56
To`yi oldidan BAA ga dam olishga borgan turkiyalik qiz aviahalokatda olamdan o`tdi

Turkiyaning shaxsiy yo`lovchi tashuvchi samolyoti Eronning g`arbiy qismida halokatga uchradi, deb xabar berdi “RIA novosti” nashri.

Nashrning xabar berishicha, samolyot BAAning Sharja shahridan Istanbulga parvozni amalga oshirayotgan bo`lgan. Havo layneri Cheharmahal va Baxtiyoriya viloyati hududlarida halokatga uchrgan. Erga urilgan samolyot voqea joyida yonib ketgan.

Samolyot Turkiyaning Başaran Holding investison kompaniyasiga tegishli. Samolyot bortida 11 yo`lovchi va 3 nafar ekipaj a`zosi bo`lgan. Yo`lovchilar orasida turkiyalik mashhur tadbirkor Huseyn Basharanning 28 yoshli qizi Mina Basharan ham bo`lgan. U to`yi oldidan dugonalari bilan dam olgani BAAga borgan.

Nashrning ta`kidlashicha, Mina 2013 yildan beri xolding direktorlar kengashi a`zosi bo`lib, otasi uni Başaran Holding rahbarligiga tayyorlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1