AsosiyDunyo

Avstraliyaning Kvinslend shtatida toshqinlar yuzaga keldi

'Avstraliyaning Kvinslend shtatida toshqinlar yuzaga keldi'ning rasmi

Avstraliyaning Kvinslend shtati shimoliga jala, toshqinlar va kuchli shamol yopirildi. Asosiy avtomagistrallar yopilgan. Tabiiy ofatdan ziyon ko`rgan tumanlarda suv ostida qolgan 200 ta uyning aholisi xavfsiz joyga ko`chirilgan. Bir necha hududlardagi ta`lim muassasalarida mashg`ulotlar bekor qilindi. Meteorologlarning ogohlantirishicha, tropik havo oqimi yaqinlashmoqda.

Shtat ma`muriyatining xisob kitoblariga qaraganda, toshqinlar banan, shakarqamish hosiliga ta`sir ko`rsatadi. Shuningdek, baliqchilik xo`jaliklariga jiddiy ziyon etkazdi.

    Boshqa yangiliklar