Ijtimoiy tarmoqda Sergeli tumanida bunyod etilgan yangi ko`p qavatli uylarning 11 mart kuni yog`gan yomg`irdan keyingi ahvoli tasvirlangan surati paydo bo`ldi, deb yozadi "Daryo" nashri.
Suratdan ko`rish mumkinki, yangi qurilgan ko`p qavatli turar joy binosining maydoni to`liq suv ostida qolgan.
Internet foydalanuvchilari bu kabi holatdan ranjib, surat ostida turli izohlarni qoldirgan.
«Quruvchilar loyihamizga ko`ra hovlida basseyn qurishni rejalashtirgandik, deya ushbu vaziyatdan ham chiqib ketishning yo`lini topadi», — deb yozadi internet foydalanuvchilaridan biri.
«Ozgina yoqqan yomg`irga shunchalik bo`lib ketsa, jala yog`sa nima bo`larkan? Bu erda istiqomat qiluvchilar qayiqda qatnaydimi?!», — deydi boshqa bir foydalanuvchi.







