AsosiyJamiyat

Tojikiston milliy axborot agentligi o`zbek tilida materiallar chop eta boshladi

'Tojikiston milliy axborot agentligi o`zbek tilida materiallar chop eta boshladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikiston Respublikasiga 9-10 mart kunlari amalga oshirgan davlat tashrifi munosabati bilan mamlakatning birinchi rasmiy axborot mahkamasi – “Xovar” – Tojikiston Milliy axborot agentligi rasmiy sahifasi – www.khovar.tj da ilk bora o`zbek tilida maqolalar chop etila boshladi. Ayni paytda mazkur saytda O`zbekiston rahbarining Tojikistonga safari bilan bog`liq bir qancha maqola chop etilgan.

Mazkur axborot agentligi tojik, rus, ingliz arab va fors tillarida o`z xabarlarini saytga joylashtirib boradi.

Ayni paytda, O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirliging rasmiy sahifasi www.mfa.uz da ham tojik tilidagi xabarlar e`lon qilib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar