Ona farzandini bo`g`ib o`ldirib, so`ng jasadni kanalga tashlab yubordi

Jinoyat 12.03.2018, 15:12
Ona farzandini bo`g`ib o`ldirib, so`ng jasadni kanalga tashlab yubordi

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida 2018 yil 7-8 mart kuni Qishloqazon mahallasi hududidan oqib o`tuvchi kanaldan yangi tug`ilgan o`g`il bola chaqaloqning bo`yin sohasiga mato bo`lagi bog`langan holda jasadi topilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida chaqaloqning onasi aniqlandi, u Qiziriq tumanida yashovchi, kasb-hunar kolleji o`quvchisi, N.T. bo`lib chiqdi. 2018 yil 28 fevral kuni N.T. uyida o`g`il bola chaqaloqni tug`ib, hech kimga bildirmay o`zining kiyimi bilan chaqaloqni bo`g`ib o`ldirib, so`ng jasadni yuqoridagi kanalga tashlab yuborganligi aniqlangan. Ko`rilgan choralar natijasida N.T. qo`lga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1