AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik yigit notanish ayolni daydi itlardan qutqaraman deb, halok bo`ldi

'O`zbekistonlik yigit notanish ayolni daydi itlardan qutqaraman deb, halok bo`ldi   'ning rasmi

Musiqachi Yuriy Loza Moskva viloyatidagi Istra tumanida daydi itlar hujumiga uchragan yigitdan jiyani homilador ekanligini ma`lum qilgan, deb yozadi Sputnik nashri.

"Bunday dahshatli voqea qaerdadir chekka joyda sodir bo`lganda, yashash muhitda nazorat imkoni yo`qligiga bahona qidirasiz. Biroq Istra tumanida sodir bo`lganligiga ishonishni xohlamaysiz. Biroq bunga ishonish kerak, chunki bunday jasur yigitdan jiyanim farzand ko`radi. Jiyanimni butun oilamiz bilan tinchlantirishga harakat qilyapmiz. Yigit qahramonlik ko`rsatdi, umuman notanish insonni qutqarish uchun o`z hayotini qurbon qildi", — deyilgan Facebook’dagi sahifasida.

Bir kun avval Moskva viloyati tergov qo`mitasi matbuot xizmati Istra tumanida 26 yoshli ayolga daydi itlar hujum qilganligi haqida xabar bergandi. Uni qutqarishga umuman notanish yigit etib keladi, biroq bu yigit itlar bilan kurashda halok bo`ladi. Oleg Shushunov oilasi bilan 4 yil muqaddam O`zbekistondan Rossiyaga kelgandi.

Tergov qo`mitasi xabarida aytilishicha, it talashi oqibatida etkazilgan jarohatlar bilan jasad 11 mart kuni Istra tumani Kursakovo qishlog`ida aniqlandi. Tuman kasalxonasiga huddi shunday jarohatlar bilan ayol ham olib kelindi.

Hozirgi vaqtda daydi itlarni ushlash xizmati xodimlari bilan birgalikda tegishli choralar ko`rilmoqda. Bu haqda Sputnik nashri xabar qildi.


    Boshqa yangiliklar