AsosiyJamiyat

Nogironligi bo`lgan shaxslarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi

'Nogironligi bo`lgan shaxslarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi'ning rasmi

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Nogironligi bo`lgan shaxslarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali orqali ma`lum qilindi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, Jamg`arma mablag`lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:

- nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar;

- nogironligi bo`lgan shaxslarni ishga joylashtirishga doir hokimlarning qarorlari bajarilmaganligi yuzasidan solinadigan jarimalar summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar;

- yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning homiylik hayriyalari hamda qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar.

Jamg`arma mablag`lari:

- nogironligi bo`lgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, texnik reabilitasiya vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta`minlash;

- nogironligi bo`lgan shaxslarni ish bilan ta`minlash va boshqa shu kabi maqsadlar uchun sarflanadi.

    Boshqa yangiliklar