1

2021 yilga kelib Qozog`istonda benzin taqchilligi kuzatilishi mumkin

Dunyo 13.03.2018, 11:07
2021 yilga kelib Qozog`istonda benzin taqchilligi kuzatilishi mumkin

Qozog`istonda ayni vaqtda neftni qayta ishlovchi uchta zavod faoliyat ko`rsatib, mazkur zavodlar yonilg`i-moylash materiallarining asosiy turlari bo`yicha faqat o`rta muddatli istiqbolgacha ichki bozor ehtiyojlarini qoplay oladi, deyiladi “Kazinform” xalqaro axborot agentligi tarqatgan xabarda.

Ta`kidlanishicha, agentlikning rasmiy so`roviga Qozog`iston Respublikasi Energetika vazirligi javob yo`llagan bo`lib, unda Qozog`istonda neftni qayta ishlovchi to`rtinchi zavodni qurishni tahlil qiluvchi ishchi guruh tomonidan mamlakatning avtobenzin, dizel yonilg`isi va aviakerosinga bo`lgan ehtiyoji o`rganib chiqilib, ma`lum xulosaga kelingani bayon qilingan.

Unga ko`ra Qozog`istonda 2021 yilda avtobenzin, 2023 yilda dizel yonilg`isi, 2026 yilda aviakerosin taqchilligi yuzaga kelishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1