1

Turkman prezidentining o`g`li yana parlamentga o`z nomzodini qo`ydi

Dunyo 13.03.2018, 11:39
Turkman prezidentining o`g`li yana parlamentga o`z nomzodini qo`ydi

25 mart kuni Turkmaniston milliy parlamenti – Mejlisga saylovlar bo`lib o`tadi, deya xabar berdi Turkmaniston davlat matbuot xizmati ma`lumotiga asoslanib Rus.azathabar.com nashri.

Nashrning xabar berishicha, 6 chaqiriqdagi Mejlisga milliy parlament deputatlarining 30 nafari nomzodlik qilmoqda, nomzodlar ro`yxatida mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o`g`li Serdar ham bor.

Kutilayotgan mazkur Turkmanistondagi parlament saylovlarida 125 ta o`rin uchun 284 kishi kurash olib bormoqda. Gurbanguli Berdimuhammedovning o`g`li Demokratik partiya vakili Serdar Berdimuhamedov nomzod sifatida Axal viloyatining «Dushak» saylov okrugidan ishtirok etadi. Serdarning siyosiy raqibi Kaka shahrida istiqomat qiluvchi 10-son maktabi direktorining o`rinbosari Oguljeren Gurdova hisoblanadi.

36 yoshli Serdar Berdimuhamedov hozirgi kunda amaldagi beshinchi chaqiriq parlamentning deputati hamda qonunchilik va normalar qo`mitasi raisi hisoblanadi. Keyingi paytlarda rasmiy xabarlarda davlat rahbarnining o`g`li «xalq o`g`li» sifatida talqin etilib, uning mamlakat taraqqiyoti, jumladan sport, jismoniy tarbiya sohasidagi xizmatlari yuksak e`tirof etilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1