1

Misrda inson tana a`zolari bilan savdo qiluvchi jinoiy guruh qo`lga olindi

Dunyo 13.03.2018, 11:58
Misrda inson tana a`zolari bilan savdo qiluvchi jinoiy guruh qo`lga olindi

Misr polisiyachilari Qohirada donorlik a`zolari bilan savdo qiluvchi shifokorlar va vositachilardan iborat jinoiy guruhni qo`lga oldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Mazkur jinoiy guruh 7 kishidan tashkil topgan. Polisiya xodimlarining ma`lumot berishicha, guruh a`zolari muhtojlikda kun kechiruvchi, qochqin va muhojirlarni tana a`zolarini sotishga da`vat qilishgan. Ularning huquq-tartibot idoralariga shikoyat qilmasliklari uchun ba`zi bir hujjatlarga imzo chekishga majbarlashgan.

Jabrdiydalarning aytishlaricha, ularga jarrohlik operasiyasidan so`ng 5 ming funt (300 dollar) to`langan, qolgan pullarni esa navbatdagi donor topilgandan keyingina olish mumkin bo`lgan. Shu sababli ular yangi “donor”larni topishga majbur qilinganlar, aks holda ular qolgan pulni ololmaganlar. Oqibatda zanjirlardan iborat jinoiy guruh yuzaga kelgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1