AsosiyDunyo

Qozog`iston poytaxtida bepul bo`g`irsoqlar tarqatilmoqda

'Qozog`iston poytaxtida bepul bo`g`irsoqlar tarqatilmoqda'ning rasmi

Navro`z bayrami eshik qoqib turgan shu kunlarda Ostona shahrida ajoyib tadbir – “Bo`g`irsoq” festivali boshlandi.

Bu haqda “Kazinform” axborot agentligi xabar tarqatdi, deb yozadi O`zA.

Mazkur tadbir Ostona shahrining 20 yilligi hamda Navro`z bayrami oldidan tashkil etilgan.

Ta`kidlanishicha, bu shunchaki oddiy festival emas, balki qozoq elining mehmondo`stligi, madaniyati, milliy taomlarini targ`ib qiluvchi ajoyib loyiha, xayriya tadbiri hamdir. Hafta davomida ko`ngillilar tomonidan Ostona ahli va mehmonlariga bo`g`irsoqlar va boshqa mazali pishiriqlar tarqatiladi. Tadbir yakunida bayram konserti tashkil etish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar