1

Ishdan bo`shatilgan erkak hamkasblarini otib, tasodifan kvartirani portlatib yubordi

Dunyo 13.03.2018, 12:23
Ishdan bo`shatilgan erkak hamkasblarini otib, tasodifan kvartirani portlatib yubordi

Serbiya poytaxti Bergrad shahrida joylashgan firmalardan birida ishlovchi erkak sobiq hamkasblarini otib tashladi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Manbaning xabar berishicha, shahar markazida joylashgan firmalardan birida ishlovchi erkak soat 11.00 da ishga kelib, sobiq hamkasblariga qarata o`q uzgan. Ulardan biri voqea joyida halok bo`lgan, yana biri esa qo`rqqanidan derazadan sakrab, turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.

Shundan keyin jinoyatchi uyiga kelgan va yana o`q uzganda, o`q gaz ballonga tegib, portlab ketgan. Oqibatda kvartira yonib ketgan va erkakning o`zi ham jiddiy jarohatlangan. O`t o`chiruvchilar uni olov ichidan olib chiqishgan.

Ayni vaqtda shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqdalar. Bo`lib o`tgan hodisa yuzasidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1