O`zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish oyligini va umumxalq xayriya hashari kunlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «Hech kim mehr va e`tibordan chetda qolmasin» aksiyasi o`tkazilib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga beminnat muruvvat yordamlari ko`rsatish bo`yicha qator tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda, deb yozadi O`zA.
Xususan, 20 mingdan ortiq kam ta`minlangan oilalarning uy-joylarini hashar yo`li bilan ta`mirlash va tartibga keltirish, 26 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarga, shundan, 11 mingdan ortiq nogiron va yolg`iz qariyalar, 2 mingdan ziyod urush va mehnat fronti faxriylari holidan xabar olinib, ularga moddiy yordamlar ko`rsatilishi belgilangan.
Mazkur tadbirlarni amalga oshirish ishlarida 18 milliondan ortiq fuqarolarning ishtiroki rejalashtirilmoqda. Shulardan 10 millionga yaqini yoshlarni tashkil etadi.
13.03.2018 13:40
20 mingdan ortiq kam ta`minlangan oilalarning uy-joylari hashar yo`li bilan ta`mirlanib, tartibga keltiriladi






