AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda qalbaki pullar yasashda gumon qilinayotgan shaxs ushlandi

'Qoraqalpog`istonda qalbaki pullar yasashda gumon qilinayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonda qalbaki pullarni yasashda gumon qilinayotgan Qorauzak tumanida yashovchi fuqaro qo`lga olindi. 12 fevral kuni u Chimboy tumanida 26 ta 10 ming so`mlik qalbaki pul evaziga ikki qop un sotib olgan.

O`zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar qilishicha, qo`lga olingan shaxsning yonidan qalbaki bo`lgan 2826 dona 10000 so`mlik pul kupyuralar va 29 dona 100 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Tergov-tezkor tadbirlari davomida gumonlanuvchi ushbu qalbaki pullarni Qozog`iston Respublikasida yashovchi shaxs bilan birgalikda yasagani va O`zbekiston Respublikasiga o`tkazish maqsadida olib kirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi «v» bandi ya`ni, o`tkazish maqsadida qalbaki pul va chet el valyutasini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, yasash yoki ularni o`tkazish alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar