O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O`zbekiston va Tojikiston hukumatlari o`rtasida fuqarolarning kelib ketishlari to`g`risidagi bitimning qo`llanishi yuzasidan izoh berdi.
«2018 yilning 9-10 mart kunlari O`zbekiston Respublikasi Sh.M.Mirziyoevning Tojikiston Respublikasiga tashrifi doirasida fuqarolarning o`zaro kelib ketishlari to`g`risida hukumatlararo bitim imzolandi. Unga ko`ra ikki davlat fuqarolari 30 kungacha vizasiz o`zaro safar qilishlari mumkin.
Ommaviy axborot vositalarida ushbu Bitimning amal qilishi boshlangani to`g`risida ma`lumot tarqalgani va davlat chegarasidagi o`tkazish punktlarida fuqarolar uchun noqulayliklar paydo bo`lishini oldini olish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ushbu Bitimning qo`llanishi uchun tomonlarning ichki tartib-qoidalari (tasdiqlash / ratifikasiya qilish) yakunlanishi kerakligini ma`lum qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tojikiston tomoni bilan birgalikda tegishli tartiblarni tezda joriy etish uchun barcha sa`y-harakatlarni amalga oshiradi.
Xabarda, shartnoma kuchga kirish sanasi qo`shimcha ravishda e`lon qilinadi, deb aytilgan.






