AsosiyJamiyat

Qo`ng`irotda Largus va "KAMAZ" to`qnashdi, 3 kishi vafot etdi

'Qo`ng`irotda Largus va "KAMAZ" to`qnashdi, 3 kishi vafot etdi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasining Qo`ng`irot tumanida Lada Largus va «KAMAZ» mashinalari to`qnashuvida uch kishi halok bo`ldi. Bu haqda «KRuz.uz» xabar bermoqda.

1 mart kuni soat 03:30 larda xorazmlik Yu.K. o`ziga tegishli Lada Largus mashinasini Qoraqalpog`istonning Qo`ng`irot tumani hududidan o`tgan A-380 «G`uzor–Buxoro–Nukus–Beynov» asfalt yo`lining 900–901 kilometri oralig`ida boshqarib ketayotib, yo`lning chekasida to`xtab turgan, P.T. boshqaruvidagi «KAMAZ» yuk mashinasi tirkamasining orqa tomonidan kelib urilgan.

Natijada Lada Largus’da bo`lgan yo`lovchilar, nukuslik S.B. va I.S., qo`ng`irotlik O.A. voqea joyida hayotdan ko`z yumdi.

Holat yuzasidan JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar