AsosiyJamiyat

Haydovchilardan kimlar eng ko`p qoidani buzgan? Ro`yxat e`lon qilindi

'Haydovchilardan kimlar eng ko`p qoidani buzgan? Ro`yxat e`lon qilindi'ning rasmi

Joriy yil fevral oyi boshidan “Olmaota – Bishkek –Toshkent – Termiz” avtomobil yo`lining Toshkent shahri chegarasidan Sirdaryo viloyati hududigacha yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan fotoradar uskunalari o`rnatilib, sinov rejimida ishga tushurilgan edi.

Toshkent viloyati IIB YHXB tomonidan mazkur hududda eng ko`p qoidani buzib, belgilangan tezlik talabini muntazam amal qilmagan haydovchilar mashinasi markasini, davlat raqami va jarima miqdori ro`yxatini e`lon qildi:

Unga ko`ra:
1. "Lacetti" rusumli avtomobil (davlat raqam belgisi 10 A 9?? RA) egasi 7 marotaba, 6 million 372 ming 880 so`m miqdorida.
2. "Lacetti-2" rusumli avtomobil (davlat raqam belgisi 10 9?? FBA) egasi 7 marotaba, 3 million 617 ming 40 so`m jarima miqdorida.
3. "Cobalt" rusumli avtomobil (davlat raqam belgisi 01 F 8?? AB) egasi 8 marotaba, 3 million 444 ming 800 so`m miqdorida.
4. "Nexia" rusumli avtomobil (davlat raqam belgisi 30 J 4?? EA) egasi 6 marotaba, 3 million 100 ming 320 so`m miqdorida.
5. "Nexia" rusumli avtomobil (davlat raqam belgisi 20 F 0?? CA) egasi 6 marotaba, 2 million 411 ming 360 so`m miqdorida.
6. "Lacetti" rusumli avtomobil (davlat raqam belgisi 20 4?? TTA) egasi 7 marotaba, 1 million 894 ming 640 so`m miqdorida.
7. "Cobalt" rusumli avtomobil (davlat raqam belgisi 20 8?? JAA) egasi 6 marotaba, 1 million 33 ming 440 so`m miqdorida.

Ularga nisbatan ko`rsatilgan miqdorda jarima undirilishi belgilangan.

Eslatib o`tamiz, 60 kun muddat ichida jarimalarni to`lamaslik, jarima to`lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo`yishga asos bo`ladi.

Unutmang, yo`l qoidasi – umr foydasi.

    Boshqa yangiliklar