13 mart, seshanba kuni taxminan 20:25 da Toshkentning Shayxontohur tumanida ikki avtomobil to`qnashib, yonib ketdi, deya xabar bermoqda UzNews.
"Nexia rusumidagi ikki avtomobil quvib o`tish chog`ida o`zaro to`qnashib ketgan. To`qnashuv oqibatida avtomobillardan birining yoqilg`i bakida uchqun chiqib, kuchli yong`inga sababchi bo`lgan", - deyilgan xabarda.
YTH hamda yong`in natijasida hech kim jarohat olmagan.









