AsosiyJamiyat

Agrepina Shin va Shahnoza Mirziyoeva “O`zekspomarkaz”dagi ko`rgazmada ishtirok etishdi (foto)

' Agrepina Shin va Shahnoza Mirziyoeva “O`zekspomarkaz”dagi ko`rgazmada ishtirok etishdi (foto)'ning rasmi

Maktabgacha ta`lim vazirligi tashabbusi bilan «Uzekspomarkaz»da “Nurli kelajak Expo-2018” ko`rgazmasi o`z ishini boshladi.

Ko`rgazmadan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida Maktabgacha ta`lim vaziri Agrepina Shin, Maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Shahnoza Mirziyoeva ishtirok etdi.

Ko`rgazmada Qoraqalpog`iston respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan oziq-ovqat, mebel, didaktik o`yin va o`yinchoqlar, sport va tibiyot anjomlari, musiqa asboblari, oshxona asbob-uskunalari, engil sanoat, qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 250 dan ortiq korxona va tadbirkorlik sub`ektlari ishtirok etmoqda.

Ushbu ko`rgazmani tashkil etishdan asosiy maqsad, maktabgacha ta`lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalardan to`g`ridan to`g`ri xarid qilishni yo`lga qo`yish hamda korxonlar tomonidan ishlab chiqariladigan o`yinlar va o`yinchoqlar, mebellar va boshqa jihozlarning sifati, shakli, dizayni, qulayligi, zamonaviyligi va havfsizligini o`rganishdan iboratdir. Qolaversa, mazkur ko`rgazma davomida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan to`g`ridan to`g`ri shartnomalarni imzolanishi ham rejalashtirilgan.

Ko`rgazmada oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etkazib beruvchi kompaniyalar va tadbirkorlik sub`ektlari 90 dan ortiqni tashkil etmoqda. Toshkent shahri, Toshkent, Namangan, Farg`ona, Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridan 80 dan ortiq mebel ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham o`z mahsulotlarini ko`rgazmada namoyish etishmoqda.

Mazkur ko`rgazma maktabgacha ta`lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini to`g`ridan to`g`ri ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek o`yinlar va o`yinchoqlar, mebellar va boshqa jihozlarni ishlab chiqaruvchilarni tanlash imkoniyatini yaratadi.

Ko`rgazma davomida O`zbekiston Oshpazlar uyushmasi tomonidan bog`chalarga mo`ljallangan taomlarni pishirish bo`yicha master-klasslar ham o`tkazish rejalashtirilgan. Ko`rgazma 14 martga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar