AsosiyJamiyat

Surxondaryoda uchta tog` turizmi klasteri tashkil etiladi

'Surxondaryoda uchta tog` turizmi klasteri tashkil etiladi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati hududida uchta tog` turizmi klasterini tashkil etish ko`zda tutilmoqda.

Boysun tumanidagi Omonxona, Darband qishlog`i va Zovboshi tog`li hududini qamrab oladigan Boysun tog` turizmi klasteri, Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi Xonjiza tog` tizmalari yonbag`ri hamda Sariosiyo tumanidagi Sangardak qishlog`i hududida Sariosiyo tog` turizmi klasteri faoliyati yo`lga qo`yiladi, deb yozadi O`zA.

Sherobod tog` turizmi klasteri tarkibiga Shalqon qishlog`i, Xo`jaikon tuz koni atrofi va hududdagi anorzor hamda boshqa mevali bog`-rog`lar kiritiladi.

Viloyatda tashkil etiladigan kichik turizm zonalarida yangi mehmonxonalar, madaniy-sog`lomlashtirish, savdo-ko`ngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa inshootlar quriladi. Zamonaviy muhandislik infratuzilma ob`ektlari barpo etiladi.

    Boshqa yangiliklar