AsosiyJamiyat

Yo`l-transport hodisasida 125 fuqaro tan jarohati oldi

'Yo`l-transport hodisasida 125 fuqaro tan jarohati oldi'ning rasmi

O`tgan hafta respublika yo`llarida 133 yo`l-transport hodisasi sodir etilgan. Ularda 125 fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgan. Qurbonlar bor, deya xabar bermoqda O`zAga Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmati.

Hafta davomida yo`l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan 90 ming 353 qoidabuzarlik aniqlangan. Jumladan, 1 ming 823 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 14 ming 190 holatda belgilangan tezlik talablari buzilgan, 1 ming 227 nafar haydovchi esa svetofor va chorrahalardan o`tish qoidasiga amal qilmagan.

Shuningdek, transport vositasining oynalarini me`yoridan ortiqcha qoraytirgan 222, harakat vaqtida telefondan foydalangan 773, xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan 17 ming 358, odam tashish qoidasiga amal qilmagan 13 ming 582 haydovchi to`xtatilib, ularga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar