AsosiyDunyo

Britaniyalik fizik Stiven Xoking 77 yoshida vafot etdi

'Britaniyalik fizik Stiven Xoking 77 yoshida vafot etdi'ning rasmi

Qora tuynuklar nazariyasi asoschisi, britaniyalik fizik Stiven Xoking 77 yoshida vafot etdi.

Stiven Xoking 1942 yilning 8 yanvarida Oksfordda tug`ilgan. 1962 yilda u Oksford universitetini tamomlaydi, 1966 yilda Kembrij universiteti qoshidagi Triniti-xoll kollejida doktorlik darajasini oladi.

1960-yillar boshida Xokingda amiotrofik skleroz kasalligining birinchi alomatlari paydo bo`ladi, keyinchalik ushbu kasallik oqibatida u falajlik holatiga tushib qoladi. 1963 yilda shifokorlarr uning atigi 2,5 yillik umri qolganini ma`lum qilishadi.

Og`ir xastalikka qaramasdan Xoking faol hayot olib borishga intiladi. 2007 yilda u maxsus samolyotda muallaq holda parvoz qilishga erishadi. 2009 yilda esa koinotga parvoz rejalashtirilgandi, ammo ba`zi sabablarga ko`ra parvoz amalga oshmay qoladi.

Xokingning asosiy yutuqlari orasida qora tuynuklar nazariyasini isbotlashda termodinamika qonunlarini ishlatish, hamda qora tuynuklarning “Xoking” nurlanishi deb nom olgan holat natijasida yo`q bo`lishi nazariyasi bo`lgan.

1988 yilning aprelida Xoking «Vaqtning qisqa tarixi» kitobini nashr qiladi va u haqiqiy bestsellerga aylanadi.

    Boshqa yangiliklar