AsosiyJamiyat

Qirg`iziston Respublikasi Jalolobod viloyatining rasmiy delegasiyasi Namangan viloyatiga keldi

'Qirg`iziston Respublikasi Jalolobod viloyatining rasmiy delegasiyasi Namangan viloyatiga keldi'ning rasmi

Qirg`iziston Respublikasi hukumatining Jalolobod viloyatidagi muxtor vakili Qiyanbek Sotiboldiev rahbarligidagi mehmonlar Kosonsoy tumanidagi “Kosonsoy-avto” nazorat-o`tkazish maskanida viloyat rahbariyati va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida mehmondo`stlik an`analariga muvofiq karnay-surnay sadolari bilan kutib olindi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar qildi.

O`zbekiston bilan Qirg`izistonni azaldan boy do`stona qadriyatlar bog`lab turadi. Binobarin tili va dini bir, tarixi, urf-odat va an`analari, madaniyati mushtarak bu ikki qardosh xalq bir ariqdan suv ichadi. Qirg`izistonda o`zbeklar, O`zbekistonda qirg`izlar totuvlikda umrguzaronlik qilyapti, quda-andalik orqali qon-qarindoshlik rishtalari bog`lanib ketgan.

e13c5e47-75f7-4bd3-ba86-427521a3568f.jpg

Bugunga kelib bu ko`hna qadriyatlarimiz sayqal topmoqda. Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli o`zaro aloqalarimiz mohiyatan yangicha shakl va mazmun kasb etmoqda. Ayniqsa, 2017 yilda bu borada misli ko`rilmagan o`zgarishlar yuz berdi. Xalqlarimiz manfaatlari yo`lida ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga ko`tarildi. O`zaro ishonch asosida mustahkamlanayotgan munosabatlarimizni Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sooranboy Jeenbekov ilk xorijiy davlat tashrifini O`zbekistonga amalga oshirgani ham yaqqol tasdiqladi.

Jalolobodlik mehmonlar Namangan shahridagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gul qo`ydi.

Delegasiyaning ikki kunga mo`ljallangan tashrifi doirasida o`zaro muzokaralar, biznes-forum o`tkazish, bir qator ijtimoiy va iqtisodiy ob`ektlar bilan tanishish, viloyatning diqqatga sazovor joylari, ziyoratgohlariga sayohat ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar