Prezidentimizning 2018 yil 14 martdagi “O`zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” farmoniga ko`ra davlat xavfsizlik xizmatning asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishlariga quyidagilar kiradi:
O`zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni ta`minlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish;
O`zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo`yicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish;
O`zbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qo`riqlash va himoya qilish;
O`zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat xavfsizligiga xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo`yicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etish;
terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarog`, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish;
davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targ`ib etishga qaratilgan buzg`unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish;
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini ta`minlash, O`zbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy ma`naviy merosini himoya qilish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish;
telekommunikasiya va transport sohasida davlat xavfsizligini ta`minlash, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish;
Xizmat tergov qilish vakolatiga kiruvchi jinoyat ishlari bo`yicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa xavfsizligining ta`minlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshirish;
davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beradigan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;
Xizmatning jangovar va safarbarlik tayyorgarligi holatini takomillashtirish va saqlab turish, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hamda harbiy holat joriy qilingandagi harakatlarga tayyorlash.
O`zA






